Strategik kuch
2025-01-21 17:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar – jamiyatning rivojlanish yo‘lidagi asosiy tayanchi va poydevori. Ularning bugungi orzulari, maqsadlari va intilishlari nafaqat hozirgi taraqqiyotning mezoni, balki kelajak manzarasini belgilaydigan ulkan strategik kuchdir. Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan. O‘tgan yillar davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun maxsus tizimlar joriy etildi.
“Strategik kuch” hujjatli filmi orqali yoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar, ulardan samarali foydalanayotgan va mamlakatimiz kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olayotgan faol yigit-qizlar haqida hikoya qilinadi.
Filmni Agentlikning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin!