Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing
2024-11-25 13:00:00 / Matbuot anjumanlari
Bugun, 25-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati tomonidan “Yoshlar bilan ishlash borasida 2024-yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Bugun, 25-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati tomonidan “Yoshlar bilan ishlash borasida 2024-yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Brifingda quyidagi yo‘nalishlarda ma’lumot berildi;
1. Yoshlar bandligi va kasbiy rivojlanishi:
- 342 ming ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi.
- “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 18,6 ming yoshga o‘quv kurslari tashkil etildi.
- 1 814 ta mahalla “Yoshlar ishsizligidan xoli hudud”ga aylandi.
2. Muammolarni hal qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash:
- 123 ming tarbiyasi og‘ir yoshlar rahbarlarga biriktirildi.
- “Yoshlar daftari” orqali 141 ming yoshga 209 mlrd so‘mlik ko‘mak ko‘rsatildi.
- Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan 30 mingdan ortiq muammo hal etildi.
3. Ma’naviy rivojlanish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish:
- “Besh muhim tashabbus” doirasida 4,2 mln yosh ko‘ngilochar va madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
- “Butunjahon yoshlar festivali”da 92 davlatdan 700 xorijiy delegat ishtirok etdi.
4. Yoshlarning iqtidori va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash:
- “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan 1,4 mln yosh xorijiy tillarni o‘rgandi.
- “Bek va Lola” va boshqa milliy multfilmlar yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Brifingni to‘liq video shakli UzReport TVning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin!