O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar: Turkiya bilan hamkorlik kengaymoqda!
2024-11-20 18:00:00 / Yangiliklar
Bugun Turkiya Respublikasi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar Bosh boshqarmasi rahbari Abdullah Eren bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarga qaratildi. So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanib borayotgani va ayniqsa yoshlar siyosati sohasida alohida muvaffaqiyatlarga erishilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, “Ibrat Farzandlari” loyihasi orqali turk tilini mukammal o‘rgangan yoshlar uchun Turkiya Respublikasiga tajriba almashish uchun yuborilishi rejalashtirildi. 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘zbekistonlik yoshlarga maxsus grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.
Bu hamkorlik yoshlarimizning bilim va tajriba orttirishi, ularga yangi imkoniyatlar eshiklarini ochishda muhim qadam bo‘ladi!