Fargʻona–Xitoy: Investisiyaviy aloqalarda yangi bosqich!
2025-08-16 10:00:00 / Янгиликлар

Fargʻona shahar hokimi oʻrinbosari v.v.b Jahongir Isroilov hamda viloyat rasmiylari Xitoy Xalq Respublikasining Foshan shahrida qator yirik sanoat kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Jami 4 ta kompaniya bilan umumiy 95 mln dollarlik investisiyaviy memorandumlar imzolandi.
Xususan, Xitoydagi eng yirik brendlardan biri Arrow kompaniyasi bilan Aqlli santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish;
🔹Haipai Electronics Industrial Co. LTD kompaniyasi bilan Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish;
🔹Guandong Vita Technology Co LTD kompaniyasi bilan Eshik va romlar, mexanizmlar ishlab chiqarish;
🔹Foshan Xinruifeng Machinery Co. LTD (Team Value) kompaniyasi bilan Turistik kapsulali uylar, aqlli uy texnologiyalari ishlab chiqarish boʻyicha memorandumlar imzolandi.
Kompaniya rahbarlari yil oxirigacha Fargʻona shahriga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.




