Гендер тенглик

Farg'ona davlat texnika universitetida xotin-qizlarning davlat fuqarolik xizmatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
🔹O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 6-fevraldagi SQ-245–V-sonli qarori hamda “2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi” doirasida universitetda “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusidagi uchrashuvlar hamda “Bir kunlik davlat xizmatchisi” loyihasi amalga oshirildi.
Uchrashuvda Farg'ona shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Dilshodaxon Xolmatova so‘zga chiqib, bugungi kunda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning davlat boshqaruvidagi ishtiroki va bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
