Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
2026-11-17 14:00:00 / Янгиликлар
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona shahridagi Xalq qabulxonasida shahar hokimining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabuli muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi qabulda fuqarolarning tadbirkorlik uchun joy ajratish, ish bilan ta'minlash, moddiy yordam hamda boshqa masalalarda murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning bir qismi qabul jarayonida joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.




