Yoshlar bandligi: murojaatdan yechimgacha — aniq muddat va masʼulliyat.
2026-08-13 09:30:00 / Янгиликлар

Yoshlar kuni munosabati bilan Farg‘ona shahar hokimligida yangi mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilishda yoshlar bandligi uchun mas’ul etib biriktirilgan tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan qabullarda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📌 Har bir murojaat — e’tiborda!
Mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, ularni hal etish uchun muddatlar belgilab berildi.
Yoshlar bilan ishlash tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, ularning bandligi va muammolarini hal etishda samarali natijalarga erishayotgan rahbarlar alohida e’tirof etildi.





