Farg‘ona shahar yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-17 09:00:00 / Янгиликлар
Farg‘ona shahar yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan Farg‘ona shahrida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslari, shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini erkin bildirdilar. Ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va sport bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqotda bildirilgan murojaatlar va takliflar mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.



