Farg‘ona Erkin iqtisodiy zonasida 10 mln dollarlik gigiyenik mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasiga start berildi.
2026-07-14 14:00:00 / Янгиликлар

Bugun Farg‘ona shahri Erkin iqtisodiy zonasida Xitoyning Lulin MCHJ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan 10 million AQSH dollarlik investitsiya loyihasiga tamal toshi qo‘yildi.
Marosimda kompaniya rahbari Zhang Weixing, Farg‘ona Erkin iqtisodiy zonasi rahbari Farrux Raxmonov hamda mutasaddilar ishtirok etdi.
Loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalar asosida gigiyenik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona barpo etiladi. Korxona ishga tushirilgach, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport hajmini oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha Farg‘ona viloyatiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish hamda O‘zbekiston–Xitoy iqtisodiy hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


