“Navbahor” MFYda keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
2026-06-15 09:00:00 / Янгиликлар
“Navbahor” MFYda keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

2026-yil 15-iyun kuni Farg‘ona shahar 6-son oilaviy poliklinikasi hamda “Sog‘lom avlod” xayriya jamg‘armasi hamkorligida “Navbahor” MFY aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tadbir davomida 115 nafar fuqaro kardiolog, terapevt, pediatr, oftalmolog va UTT mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, EKG, qon bosimi va boshqa tibbiy tekshiruvlar amalga oshirildi.
Ko‘rik natijasida turli kasalliklar aniqlanib, bemorlar dispanser nazoratiga olindi hamda davolanish bo‘yicha tavsiyalar berilib, bemorlarga vrach tavsiyasiga ko'ra bepul dori-darmonlar tarqatildi.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borildi.



