Farg‘ona shahar hokimi Turkiyalik investor Jemil Aqilli boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-06-15 12:00:00 / Янгиликлар
Farg‘ona shahar hokimi Turkiyalik investor Jemil Aqilli boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Farg‘ona shahrining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, sanoat sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar Farg‘ona shahrida oltinni qayta ishlash korxonasini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihasi yuzasidan fikr almashdilar. Loyihaning texnik va iqtisodiy jihatlari, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amaliy bosqichga olib chiqish hamda kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.


