“Nuroniylar va ota-onalar kengashi” ishtirokida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2025-07-26 10:10:00 / Yangiliklar
“Nuroniylar va ota-onalar kengashi” ishtirokida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini kamaytirish, ularni foydali faoliyatga yo‘naltirish, shu bilan birga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga bag‘ishlandi.
Unda “Nuroniylar va ota-onalar kengash”lari a’zolari, "Nuroniy" jamg‘armasi faollari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Muloqotda “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi mas’ul xodimi A.Boltaboyev, tuman nuroniylar va ota-onalar kengashi raisi, tuman hokimi Sh.Musayev, tuman hokimining maslahatchisi T.Ismatillayev, tuman IIB boshlig‘i U.Eshanovlar yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda keng jamoatchilikning, ayniqsa, ota-onalar va mahalla faollarining o‘rni muhim ekanligini alohida qayd etishdi. .










