Hokimyat haqida

Özbekiston Respublikasida Davlat boşqaruvi uç turdagi hokimiyatlar tomonidan taşkil etiladi. Bular Qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatlaridan iborat. Qonun çiqaruvçi hokimiyat - Oliy Majlis bölib, u quyi va yuqori palatadan taşkil topgan. Quyi, ya'ni "Qonunçilik palatasi" 150 nafar doimiy ravişda faoliyat körsatuvçi deputatlardan iborat bölib, asosan qonun hujjatlarini işlab çiqiş bilan şuğullanadi. Yuqori palata esa "Senat" deyiladi va u 100 nafar senatorlardan şakllanadi. Senatorlar özlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan xolda vaqti-vaqti bilan yiğilib turadilar va Qonunçilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini örganib çiqib, qabul qiladilar. Ijro xokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boşçiligida vazirliklar, idoralar, Toşkent şahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir söz bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta'minlaş vazifasini bajaradi. Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boşçiligida turli soxalardagi barça sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati xamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilişiga yöl qöymaslikni ta'minlaydi.
Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, hududlarda Özbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengaşi xamda viloyat hokimining qaror va farmoyişlari, bayonnomalari, topşiriqlari ijrosini ta'minlaydi. Viloyat hokimligi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi xamda xalq deputatlari viloyat Kengaşi oldida xisob beradi. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oşirilişi viloyat hokimi, hokim örinbosarlari, mahalliy davlat boşqaruvi organlari raxbarlari, tuman va şahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegişli qarorlar bilan taşkil etilgan boşqa işçi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining taşkiliy-amaliy işi bilan ta'minlanadi. Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan taşkil etiladi. Viloyat hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida xududdagi barça organlar, korxonalar va taşkilotlar, mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar çiqaradi. Viloyat hokimining me'yoriy tusdagi yoki muhim axamiyatga ega bölgan hujjatlari qaror şaklida qabul qilinadi. Viloyat hokimining tezkor va boşqa joriy masalalar böyiça hujjatlari farmoyiş şaklida qabul qilinadi.
“Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qiliş va innovatsiyalarni joriy etiş borasidagi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida” 2017 yil 28 noybrdagi PQ–3407-son qaroriga muvofiq viloyat hokimligi boşqaruv apparatining vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilanadi.
Boşqaruv apparati öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga va Özbekiston Respublikasining boşqa qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, boşqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengaşining va hokimning hujjatlariga, şuningdek Namangan viloyati hokimligining boşqaruv apparati töğrisidagi Nizomga amal qiladi.
