"Iqtidor maktab ansambli" tanlovining tuman bosqichi
2025-04-11 08:55:00 / Yangiliklar
Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, milliy san’at an’analarini asrash maqsadida o‘tkazilayotgan “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Uychi tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tuman madaniyat markazida tashkil etilgan tanlovda 46 ta maktabdan 6–10-sinflar o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Ishtirokchilar dutor, rubob, chang, nay va doira kabi milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida o‘zbek xalq kuylarini mahorat bilan ijro etishdi.
Yakunga ko‘ra, 15-umumta’lim maktabining “Tarona” ansambli jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. 2-o‘rin 6-maktabning "Parvoz", 3-o‘rin 10-maktabning "Yosh musiqachilar" ansambliga nasib etdi. Gʻoliblarni tuman MMTB boshlig‘i Muzaffar Mo‘minov qutlab, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.
Uychi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Axborot xizmati.









