Asosiy kontentga o'tish

O'zbekistonning Ozarbayjondagi faxriy konsuli Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurdi

2024-02-29 09:30:00 / Yangiliklar

28-fevral kuni Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov O'zbekistonning Ozarbayjondagi Faxriy konsuli Kyanan Jalilov boshchiligidagi konsullik vakillari bilan uchrashdi.

O'zbekistonning Ozarbayjondagi faxriy konsuli Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurdi

28-fevral kuni Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov O'zbekistonning Ozarbayjondagi Faxriy konsuli Kyanan Jalilov boshchiligidagi konsullik vakillari bilan uchrashdi.

Mehmonlarni samimiy qarshi olgan Sh.Umurzakov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami haqida ma’lumot berdi. Asosiy maqsadlar - barqaror iqtisodiyotni shakllantirish, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, qulay investisiya muhitini yaratish, shuningdek, jamiyatda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Shuningdek, yaqin kelajakda turizm, infratuzilma, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish sohalarida qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgani haqida so‘z yuritdi.

Kyanan Jalilov, oʻz navbatida, uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Ozarbayjon ishbilarmon doiralarining Oʻzbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishdan manfaatdorligi haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida har ikki tomon ishbilarmon doiralari bilan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

1012

Oxirgi yangilanish: 2024-03-01 09:48:54