SUV XO‘JALIGI XODIMI BRONZA MEDALI SOVRINDORI
2024-12-26 15:30:00 / Yangiliklar
Kecha “Vazir va yoshlar” ochiq muloqotida Jizzax viloyati Suv omborlardan foydalanish boshqarmasi g‘aznachisi Azamat Mustofoqulov so‘zga chiqqan edi.
U 34 yoshda. Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan para-pauerlifting bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ochiq chempionati maqomini olgan O‘zbekiston Kubogi bahslarida qatnashdi.
Azamat 72 kg vaznlilar o‘rtasida 110 kg toshni ko‘tarib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Kechagi muloqotda Azamat ushbu sport turi bilan shug‘ullanayotganiga 2 oy bo‘lganini, kelgusida oltin medalni qo‘lga kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganligini aytdi.
Azamatga yutuqlar va sportda katta natijalarga erishishini tilab qolamiz.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati