Asosiy kontentga o'tish

DIQQAT TANLOV!

2024-12-19 11:55:00 / Majlislar

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan suv xo‘jaligi sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish maqsadida tanlov e’lon qilinadi.

Talabgorlar tomonidan quyidagilar hujjatlarni taqdim etish talab etiladi:

  1. Suv xo‘jaligi vaziri (tegishli tizim tashkiloti rahbari) nomiga ariza;
  2. Pasport nusxasi;
  3. Ta’lim muassasasida o‘qiyotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  4. Ta’lim muassasasining tavsiya xati;
  5. Reyting daftarchasi nusxasi;
  6. Ma’lumotnoma (obyektivka)si.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar ilovada keltirilgan hujjatlarni 2024 yilning 25 dekabr kuniga qadar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Vazirlikning Yosh mutaxassislarni tanlash guruhi (https://t.me/+Z5mDxyowCQ9jMmRi)га elektron shaklda yuborishlari lozim.

 

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:

Microsoft Office (Word, Excel, Power Point ва ҳ.к) va boshqa kompyuter dasturlari bo‘yicha yetarli bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

o‘zbek (kirill va lotin alifbosida) va rus tillarida matn tuzishni yaxshi bilishi, bayon, farmoyish, buyruq va boshqa hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha yetarli malaka ega bo‘lishi (ingliz tilini Pre-Intermediate darajasida bilishi, lug‘at bilan ishlay olishiga ustuvorlik beriladi).

 

Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:

1-bosqich: nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovidan o‘tkazish;

2-bosqich: test bosqichidan muvaffaqiyatli (71 foizdan yuqori) o‘tgan talabalarni Vazirlikda tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkazish;

3-bosqich: suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni stajirovkaga jalb etish.

 

Axborot xizmati

102

Oxirgi yangilanish: 2024-12-19 12:04:10