Germaniyalik ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-21 12:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Germaniyaning "Supporting the Reform of the National Quality Infrastructure in Uzbekistan" loyihasi doirasida Qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha Germaniyalik ekspert Dr. Peter Ulbig bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida metrologiya sohasidagi bugungi holat ko‘rib chiqilib, uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
Muloqot yakuniga ko‘ra, soha yo‘nalishlarida ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.