Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-19 12:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda texnik tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ishbilarmonlarning aloqalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, tarkibini diversifikatsiya qilish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilishda grantlar va texnik ko‘makni jalb etish masalasi alohida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar bundan buyon ham O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida soha yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni ishga solishga tayyor ekanliklarini bildirdi.