Xalqaro toifadagi olimalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-02-14 18:00:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida olimalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Agentlik direktori Akmal Jumanazarov ilm yo‘lidagi ayollar uchun sohada barcha shart-sharoitlar yaratib berishilishini ta’kidlab, ularga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi professor Muxayyo Rasulova, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" O‘zbekiston Milliy Tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va Amaliy Tadqiqotlar Institutida laboratoriya mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining ilmiy ishlar va strategik tahlil bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, q.x.f.d., professor, 25 yil davomida Germaniyada ilmiy faoliyat olib borgan olima Dilfuza Egamberdiyeva Rustamovna ishtirok etib, Agentlik xodimlarini ilm-fanda bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlaridagi hayot yo‘llari bilan o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Andijon filiali Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi bosh mutaxassisi D.Boykisheva "Avtomobilsozlik korxonalarida PDSA siklini takomillashtirish asosida mahsulot sifatini oshirish" mavzusida taqdimot qildi.