Asosiy kontentga o'tish

"Yagona xamda ishonch telefonlari" ni shakllantirish reglamenti

Umumiy tartib

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligida "yagona hamda ishonch telefonlari" bilan ishlashni tartibga soluvchi shakllantirish tartibi to'g'risidagi qo'llanma" Sog'liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 may № 237 raqamli qarori bilan ta'kidlandi.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tarkibidagi bo'linmalarning ishonch telefonlari inson salomatligini muhofaza qilish bo'yicha inson huquqlarini himoyalash, inson salomatligini sifatli himoya qilish darajasini muntazam nazorat qilish, tibbiy yordam ko'rsatish sifatini yanada oshirish, sog'liqni saqlash tizimi xodimlarining nojo'ya harakatlanishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida ishonch telefonlari joriy etildi.

Yagona hamda ishonch telefonlari Toshkent shahridagi respublika, viloyat, tumanlar darajasida faoliyat ko'rsatayotgan boshqarma idoralarida shakllantirilmoqda.

Yagona hamda ishonch telefonlari mijozlar bilan turli xil ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf qilish uchun sog'liqni saqlash muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning noqonuniy harakatlari to'g'risidagi ma'lumotlar bo'yicha qabul, ro'yxatdan o'tkazish hisoblanadi.

"Yagona hamda ishonch telefoni" ishlash rejimi

To'g'ridan-to'g'ri shahar abonentlik ishonch telefonlari raqamlarni avtomat tarzda xotirasida saqlaydi va axborotni ro'yxatdan o'tkazuvchi dasturiy-texnik vositalar o'rnatilgan. Xabarlarni qabul qilish navbatchi xodimlar tomonidan tunu-kun amalga oshiriladi.

Xabarlarni ko'rib chiqish muddati

Agar fuqarolar tomonidan sog'liqni saqlash xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan xabarlar, aholi uchun sog'liqni saqlash muhofazasi bo'yicha qonun tartibini ta'minlash, shuningdek bemorlarga, xodimlarga nisbatan amalga oshirilgan huquqbuzarliklar to'g'risida boshqarma idoralari boshliqlariga bayon qilinadi.

Xabarlarni ko'rib chiqish muddati boshqarma idoralari rahbarlari tomonidan aniqlashtiriladi. Xabarlar ularning har biriga shaxsan masalani echish tartibi, javobgar shaxs ko'rsatilgan holda etkaziladi.

Agar qabul qilingan ariza yoki shikoyatlarni hal qilish uchun zaruriy maxsus tadbirlar amalga oshirilishi kerak bo'lsa, yoki qo'shimcha materiallar, tadbirlar talab qilingan holda, xabar bo'yicha javob bir oz cho'zilishi mumkin. Bu jarayon bir oydan kam bo'lmagan holda, xabar bo'yicha topshiriq berilgan rahbar tomonidan ko'rib chiqilishi lozim.

Qaydnomalarni saqlash muddati

"Yagona xamda ishonch telefoni" faoliyatini tashkillashtirish bo'yicha javobgar shaxslar muntazam ravishda telefonga qoldirilgan xabarlarni eshitadi va xabarni ro'yxatdan o'tkazish tartibining to'g'riligini nazorat qiladi. Telefonga qoldirilgan qaydlar muddati 30 kundan oshmasligi kerak.

"Yagona hamda ishonch telefoni" abonent telefonining o'zgartirilishi

"Yagona hamda ishonch telefoni" abonentlik telefonini o'zgarishi holatlarida 3 kun ichida bu haqda xabar beriladi.

Ma'lumotlar taqdim etish

"Yagona hamda ishonch telefon"lari bo'yicha xabarlarni qabul qilishni amalga oshiruvchi navbatchi xodimlarga, O'zbekiston Respublikasi hududlarida joylashgan davlat idoralar. Davolash-profilaktik muassasalari manzillari, telefonlari taqdim etilishi zarur hisoblanadi. Shuningdek "yagona hamda ishonch telefoni" bo'yicha murojaat qilgan shaxsni xolisona xabardor qilish uchun zaruriy adabiyotlar va ma'lumotlar bo'lishi kerak.

Xabarlarni qabul qilish va ro'yxatdan o'tkazish (ma'lumot)

  1. Yagona hamda ishonch telefoni" bo'yicha ro'yxatga olish xabarlar va bevosita qabullar "yagona hamda ishonch telefoni"dan tushgan murojaatlarning maxsus qayd jurnali bilan amalga oshiriladi.
  2. Xabarni qabul qiluvchi navbatchi o'zining ism-familiyasini va mansabi bilan to'liq tanishtirishi kerak bo'ladi.
  3. Telefon orqali berilgan konsultasiyadan keyin fuqarolarning ism-familiyalari maxsus qayd jurnaliga o'rnatilgan tartibda belgilab qo'yiladi. Agar fuqarolar arizasi yozma javobni talab qilsa, bu holatda murojaatchining pochta manzili va telefonlarini to'liq yozib qolish lozim.
  4. Agar fuqarolar sog'liqni saqlash xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan harakatlar to'g'risida xabar bersalar va ushbu xabarlar sog'liqni saqlash muhofazasidagi qonunchilikning buzilishi va yo'l qo'yilgan xatoliklar to'g'risida bo'lsa, bunday holda xabar O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tarzda qabul qilinadi va ro'yxatdan o'tkaziladi. Bunday holatda axborot "yagona hamda ishonch telefoni" bo'yicha tushgan xabarlar haqidagi bayonnomalar rasmiylashtiriladi.
  5. Agar murojaatchi sog'liqni saqlash faoliyatiga taaluqli bo'lmagan xabarlar bo'yicha murojaat qilsa, bu holatda navbatchi tomonidan muvofiq muassasa telefoni va javobgar shaxsining aloqa telefonlari haqida xabar beriladi.
  6. Sog'liqni saqlash xodimlarining huquqlarini buzish belgilari mavjud bo'lgan anonim ma'lumotlar murojaatlar qayd jurnaliga kiritiladi va nazorat inspektsiyasi yoki zaruriyat tug'ilganda huquqni himoya qilish idoralariga taqdim etiladi

539

Oxirgi yangilanish: 2024-01-18 14:21:20

"Yagona xamda ishonch telefonlari" ni shakllantirish reglamenti