Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qirol Salmon gumanitar yordam markazi...
2025-02-20 17:50:00 / Yangiliklar
Unga ko'ra, 200 nafarga yaqin tug'ma yurak nuqsoni bo'lgan bolalar tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, qariyb 100 nafarida xayriya jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan 30 nafar malakali shifokor 7 kun davomida ochiq va endovaskulyar operasiyalarni amalga oshiradi.
Mazkur tashabbus yuqori texnologiyali jarrohlik yordamiga muhtoj bo'lgan bolalar uchun ulkan imkoniyat yaratishi bilan birga, mahalliy mutaxassislarning xalqaro tajribani o'rganishi va o'z malakasini oshirishiga xizmat qiladi.
Ma'lumot uchun: bu ikkinchi tibbiy dastur bo'lib, birinchisi o'tgan yili o'tkazilgan va 100 nafarga yaqin kattalarda jarrohlik amaliyotlari bajarilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo'lib o'tgan yig'ilishda ushbu tashabbus tafsilotlari muhokama qilindi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.