Dunyoning yuzdan ziyod tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari Samarqandda jam bo'ldi
2024-12-13 17:15:00 / Yangiliklar
Unda Germaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Belarus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi yigirmaga yaqin davlatlarning yuzdan ziyod universitet va institutlarida tahsil olayotgan 730 nafardan ortiq talaba Offlayn hamda 4000 nafarga yaqini onlayn formatda ishtirok etyapti.
Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Sog'liqni saqlash vaziri A.Xudayarov hamda Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri K.Sharipovning videotabrigi namoyish etildi.
Binobarin, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori J.Rizaev qayd etganidek, mazkur nufuzli bellashuv talabalar bilim va ko'nikmalarini sinovdan o'tkazish va ularni munosib taqdirlash barobarida, jahonning qator tibbiyot oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkmlashga zamin yaratadi.
Qatnashchilar ikki bosqichda — test sinovlari va amaliy topshiriqlarni bajarish shartlari asosida bellashyapti.
O'z navbatida, Samarqandda jam bo'lgan ishtirokchilar jahon standartlari talablariga javob beruvchi 7-avlod simulyasiya robotlari orqali o'z ko'nikmalarini sinovdan o'tkazmoqda.
O'zbek, rus va ingliz tillarida ish olib borayotgan Olimpiada doirasida yurtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari va xorijiy tibbiyot kollejlari o'quvchilari o'rasida ham xalqaro Olimpiada tashkil qilinyapti.
Shuningdek, talabalar uchun chet ellik va o'zbekistonlik etakchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari hamda boshqa dolzarb masalalarga bag'ishlangan seminarlar, mahorat darslari o'tkazilmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.