OITSga qarshi kurash tizimi raqamlashirilmoqda
2024-11-28 18:05:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash vazirligi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir "OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirish: innovasiyalar, dolzarb muammolar va amaliy echimlar" mavzusiga bag'ishlandi.
Anjumanda qayd etilganidek, mamlakatimizda mazkur yo'nalishda qator yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, "idoralararo telemedisina" xizmatlarini rivojlantirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilyapti.
Tizimda farmasevtika mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish axborot tizimi to'liq yaratilib, ishga tushirildi. "Laboratoriya" axborot platformasi yo'lga qo'yildi.
Sohadagi statistik ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va saqlash, ularning hisob hamda hisobotini yuritish to'liq elektron axborot tizimi orqali avtomatik shakllanishiga erishildi.
Tizimda resurslar va ma'lumotlar bazalarini muhofaza qilish bo'yicha texnik infratuzilma tatbiq etildi. Bunda ma'lumotlar bazasi alohida maxsus serverlarda joylashgan bo'lib, konfidentsiallik to'liq ta'minlanadi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar kelgusida bu yo'nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha ham o'zaro fikr almashdilar.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.