Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan
2024-09-13 13:15:00 / Qo'mita yangiliklari
Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan
Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:
▪️umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;
▪️Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan
yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.
Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.
Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.
2024-yilda 242 nafar fuqaro 233,4 million soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.