Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2024-11-09 12:00:00 / Yangiliklar

Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashdek masʼuliyatli vazifada o‘zlarini ayamasdan mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlagan viloyat hokimi, so‘nggi yillarda viloyatimizda bu sohaning jadal rivojlanib borayotgani, erishilayotgan natijalar va yangi marralar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilganlarning barchasiga bayram sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, bir guruh faollar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi”, "Xalq posboni" ko‘krak nishoni va Sog‘liqni saqlash vazirligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri sanʼat ustalari hamda badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.







