Sirdaryoda quruqlik porti quriladi
2024-10-04 11:00:00 / Yangiliklar

Maʼlum qilinishicha, vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi va Janubiy Koreya Okeanlar va baliqchilik vazirligining Port investitsiyalar departamenti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar logistika infratuzilmasini yaratish va modernizatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqishdi. Xususan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida quruqlik porti va ichki terminallarning qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. 2024-yil 9-avgustda boshlangan loyiha 13 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, 2025-yil 12-sentabrda yakunlanadi.
Loyihaning maqsadi ushbu hududlarda quruq portni rivojlantirish bo‘lib, bu mamlakatning logistika infratuzilmasini yaxshilashga yordam beradi.
