Guliston shahrida davlatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi.
2024-08-31 21:00:00 / Yangiliklar
Unda viloyat hokimi ishtirok etib, Sirdaryo ahlini qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizdagi islohotlar muqarrar tus olgani, yurtdoshlarimiz ularni qo‘llab-quvvatlab, faol ishtirokchisiga aylangani taʼkidlandi.

Bayram katta konsert dasturi bilan davom etdi. Mumtoz kuy-qo‘shiqlarda o‘zbek elining boy sanʼati va qadriyatlari, folklor-etnografik jamoalarning chiqishlarida O‘zbekiston turli madaniyatlarni birlashtirgan makon ekani yorqin namoyon bo‘ldi. Estrada xonandalarining chiqishlari va mushakbozlik yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tantanali tadbir televideniye va internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.









