Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev IT o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishdi
2025-03-14 19:05:00 / Yangiliklar

Samarqand shahridagi IT yo‘nalishidagi o‘quv markazi faoliyati bilan tanishuv chog‘ida markazda yoshlarning IT sohasida bilim olishlari, yangi dasturlar ishlab chiqish yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Viloyat rahbari yana bir IT yo’nalishidagi markazda bo’ldi. Mazkur o‘quv markazi yoshlarga IT sohasida qator dolzarb IT yo‘nalishlari, ya’ni robototexnika, mobil o‘yinlar yaratish, veb dasturlash, Android dasturlash, 3D animatsiya, arxitektura va dizayn, grafik dizayn, SMM, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Shuningdek, bolalar uchun ham maxsus kurslar tashkil etilgan.
Viloyat rahbari o‘quv markazining faoliyati bilan yaqindan tanishib, AKT sohasi uchun yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda xususiy IT markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha taklif berdi.
Ushbu markazda hokim va IT sohasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda viloyat IT sektoridagi ishlarning bugungi ahvoli va uni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
IT sohasi vakillari maktablarda IT kurslarni tashkil etish, startap loyihalari bo’yicha ko’rik-tanlovlarni tashkil etish, IT buyurtmalarni bajarishda IT korxonalariga imtiyozlar berish borasida o’z takliflarini bildirishdi.
IT sohasida faoliyat ko’rsarayotgan tashkilotlar o’rtasida reyting tizimini joriy etish borasida ham to’xtalib o’tildi.
Uchrashuv yakunida eng yaxshi IT sohasi vakillari taqdirlandi.