САНЭПИДҚЎМИТА МУТАХАССИСЛАРИ “ISO 22000:2018 BO'YICHA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI MENEJMENTI AUDITORI/ YETAKCHI AUDITOR" O'QUV KURSIDA TAHSIL OLISHMOQDA
2025-01-24 11:10:00 / Новости
O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi uchun mamlakatimizdagi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini xalqaro talablarga moshlashtirish muhim hisoblanadi. Ayni kunlarda Qo`mitaning ushbu yo'nalishga mas'ul bir nechta mutaxassislari UNOPSning ko'magi asosida va “CERT Academy” xalqaro trening tashkiloti hamkorligida Xalqaro sertifikatsiyalangan auditorlar registrida (IRCA) ro'yxatiga olingan "ISO 22000:2018 bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti auditori/ yetakchi auditor" o'quv kursida tahsil olishmoqda.
ISO 22000:2018 (HACCP) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimining ahamiyati:
Eksport imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mahsulot sifatiga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
Jahon savdo tashkiloti (WTO) talablariga moslashni ta'minlaydi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee

