“Happy Kids Academy Fergana” xususiy maktabi ham foydalanishga topshirildi.
2026-08-25 15:00:00 / Новости
“Happy Kids Academy Fergana” xususiy maktabi ham foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz bo‘ylab qator ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarning ochilishiga start berilishi doirasida Farg‘ona shahrida joylashgan zamonaviy ta’lim muassasasi — “Happy Kids Academy Fergana” xususiy maktabi ham foydalanishga topshirildi.
500 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabda o‘quvchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ta’lim olish va har tomonlama rivojlanish uchun zarur infratuzilma hamda qulay muhit shakllantirilgan.
Yangi maktabning ishga tushirilishi Farg‘ona shahrida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.









