Yoshlar taqdiri – ustuvor masala: Farg‘ona shahar hokimligida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi
2026-08-07 09:00:00 / Новости
Yoshlar taqdiri – ustuvor masala: Farg‘ona shahar hokimligida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi

Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Unda otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, jinoyatchilikka moyil yoshlarning muammolarini bartaraf etish, yangi mehnat bozoriga kirib kelayotgan, ishsiz va migratsiyadan qaytgan yoshlarni rahbarlarga biriktirish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan murojaatlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.





