Yashirin iqtisodiyotning oldini olish borasida raqamli nazorat kuchaytirilmoqda.
2026-08-05 16:00:00 / Новости

Farg‘ona shahrida yashirin iqtisodiyotning oldini olish, savdo va xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash hamda soliq tushumlarini oshirishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Farg‘ona shahar hokimi, shahar prokurori hamda tegishli mas'ullar ishtirokida Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori va Savdo majmuasida tashkil etilgan Raqamli monitoring markazilari faoliyati bilan tanishildi.
Mazkur monitoring markazilari "Rasta Pay" tizimiga oʻtkazilayotgan bo‘lib, bozor hududidagi pullik avtoturargohlar hamda savdo rastalarining kunlik tushumlari sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida doimiy monitoring qilinadi.
Shuningdek, ushbu tizim Farg‘ona shahar hokimligining Raqamli monitoring markazi hamda Soliq inspeksiyasiga integratsiya qilingan bo‘lib, bu mablag‘lar harakatini shaffof nazorat qilishga xizmat qiladi.
Hokim tomonidan tizimning samaradorligini yanada oshirish borasida tegishli topshiriqlar berildi.





