Farg‘ona shahrida turkiyalik investor bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2026-06-29 13:05:00 / Новости

Farg‘ona shahri hokimi turkiyalik investor Soat Emir bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida shaharning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda investor tomonidan Farg‘ona shahrida zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar qurish, zamonaviy tibbiy klinika tashkil etish hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.
Shahar hokimi ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ayniqsa sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, tibbiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish va tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.



