Toshkentda imzolangan memorandum amalda: Farg‘onada dastlabki ishlar boshlanmoqda.
2026-06-20 14:00:00 / Новости
Toshkentda imzolangan memorandum amalda: Farg‘onada dastlabki ishlar boshlanmoqda.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Farg‘ona shahri va Xitoyning Lulin MChJ kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
Unga ko‘ra, Farg‘ona shahrida xo‘jalik ehtiyojlari uchun kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha doirasida Farg‘ona shahar hokimi hamda Lulin MChJ direktori Jang Veyxing o‘rtasida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishgan edi.
Bugun esa loyihani amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida ochiq uchrashuv tashkil etildi. Unda korxona qurilishi uchun mos hududlarni o‘rganish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tashkiliy masalalarni hal etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.


