“Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
2026-06-11 10:00:00 / Новости
“Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimi, Bojhona boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, shahar prokurori, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda faol yosh oʻqituvchilar qatnashib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Ochiq muloqot davomida yosh o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Shahar hokimi tomonidan murojaatlarga atroflicha javob berildi.




