Hokimiyat haqida
Zomin tumani − Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,912 km2. Aholisi 150 ming kishi (2010). Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Istiqlol, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Eng yirik qishlogʻi Yom (Jom) (jamoalar jam boʻlgan hudud).Yom (Jom) miloddan avvalgi asrlarda vujudga kelgan.
Oʻrta asrlarda Jizzax viloyati hududidan Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. 1868-yilda Buxoro amirligining sharqiy hududlari Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mulklari tarkibida maʼmuriy birlik − Zarafshon okrugi tashkil topdi.
Bu okrug tarkibiga Samarqand, Urgut, Panjikent, Kattaqoʻrgʻon, Chelak va Payshanba shaharlari hamda koʻplab qishloqlar kirgan. Zomin tumani Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan.
1887-yil 1-yanvarda Zarafshon okrugi tugatilib, uning hududi yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.
Bu viloyat 4 ta tumanga boʻlingan: Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand va Xoʻjand. Hozirgi Zomin tumani hududi Xoʻjand tumani tarkibida boʻlgan.
1918-yil 30-aprelda Samarqand viloyati hududi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirdi, 1924-yil 14-oktyabrda SSSR tarkibida Oʻrta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi boʻlib oʻtdi. 1926-yil 29-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Jizzax viloyati tarkibida Zomin tumani tashkil etilgan.
1962-yil 24-dekabrda Zomin tumani Jizzax viloyati tarkibiga kiritilib, 1964-yil 31-dekabrda uning tarkibidan chiqarilib, mustaqil viloyatga aylantirildi.
