OYLIK DAVOM ETMOQDA
2025-02-13 16:45:00 / Yangiliklar

Xabar berilganidek, Jizzax viloyat IIB boshligʻining 2025 yil 20-yanvardagi 8-sonli farmoyishiga asosan viloyatimizda 1-fevraldan 1-martga qadar "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalari tarqalishining oldini olish" oyligi davom etmoqda. Oylik doirasida keng koʻlamdagi targʻibot-tashviqot ishlari olib borilayapdi.
Jumladan, Zomin tumani MMTBga qarashli 60-sonlli maktabda ana shunday tadbirlardan biri o'tkazildi.
Unda Zomin tuman IIB TQX JQB hodimi Xasan Abilov ishtirok etib, oylikni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, giyohvandlikning salbiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan choralar hususida o'quvchilarga ma'lumot berib o'tdi hamda Kiber jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha tushunchalar berildi.







