Rasmiy munosabat
2025-02-17 17:35:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mug‘ol qishlog‘i muammolari qachon o‘z yechimini topadi? mazmunidagi xabar yuzasidan Zomin tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mug‘ol qishlog‘i Zomin tumani "Shirin" QFY hududida joylashgan bo‘lib, mazkur hududda "Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla" tamoyili asosida 132 dona temir-beton tayanchlar, qishloqdagi eskirgan elektr simyog‘ochlari o‘rniga o‘rnatildi. 4.5 kilometr uzunlikdagi zamonaviy SIP2 3X35 markali kabel orqali elektriuzatish tarmog‘i tortilgan. Ayni vaqtda xonadonlarning elektr hisoblagichgacha bo‘lgan qismida kiruvchi kabellarni tortish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, hududdagi 45-maktabga 8 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berilib, maktabni isitish borasidagi muammo hal etilgan.
Mazkur xabarda keltirilgan yana bir masala - qishloq aholisining chorva mollari uchun yaylov ajratish hamda qabriston uchun yer maydoni ajratish borasidagi masala ko‘rib chiqilayapti.
Hududdan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining tegishli joylariga svetofor va radarlar o‘rnatish, qatnovni tartibga solish hamda yo‘l bilan bog‘liq boshqa muammolar o‘rganilib, tegishli ravishda hal etilishi belgilangan.
Ushbu xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi.
