Sudlarda ma’rifat soatlari tashkil etildi
2025-02-14 19:20:00 / Yangiliklar

Sudlarning asosiy vazifalari odil sudlovni amalga oshirish, inson huquqlarini qonun doirasida himoya qilish hamda qonuniylikni ta’minlash ekanligi barchamizga ma’lum.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda sudyalar tomonidan aholining huquqiy ongini oshirish va qonunlarga bo‘lgan huquqiy tushunchalarini shakllantirish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa fuqarolarning vatan olididagi o‘z huquq va burchlarini anglash, huquqiy savodxonligini oshirish, qonunga bo‘lgan hurmatni shakllantirish, sud tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar zamiri bilan tanishtirish, sudning jazolovchi emas, balki huquqlarni himoya qiluvchi tizim ekanligi haqida tushuntirishlarni amalga oshirish ekanligini e’tirof etishimiz lozim.
Bu borada fuqarolar ishtirokida ommaviy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilishi bilan bir qatorda, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi va Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi hamkorligida sudya va sud hodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsion holatlarga murosasiz bo‘lish, badiiy kitoblar orqali ularning madaniy va ma’naviy bilimlarini shakllantirish maqsadida ma’rifat soatlari tashkil etilldi.
Mazkur tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 29 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-914-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.
Xususan, Qonunga ko‘ra qo‘yidagi normalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida ta’kidlab o‘tildi.
Bunga ko‘ra; 1) 248-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Amalga oshirilgan to‘lov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, boshqa kelishuv bo‘lmasa, u eng avvalo, kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, so‘ngra foizlarni, uning qolgan qismi esa — qarzning asosiy summasini uzadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar amalga oshirilgan to‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorlik subyektiga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:
1) asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik va muddati o‘tgan foiz to‘lovlari mutanosib ravishda;
2) joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bo‘yicha qarzdorlik;
3) neustoyka (jarima, penya);
4) kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlari”;
2) 744-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi”;
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-765-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 340-modda) 5-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “yellik million so‘mdan oshmaydigan” degan so‘zlar “yuz million so‘mdan oshmaydigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun 1-moddasining qoidalari 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda ushbu Qonun
1-moddasining 1-bandi qarz oluvchining mikroqarz yoki kredit bo‘yicha mazkur modda amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan, bajarilmagan pul majburiyatlariga nisbatan qo‘llaniladi deb belgilanganligini. Ushbu qonunni barcha o‘qib chiqishlikni takidladi.
Tadbir jarayonidan sud raisi tomonidan ishtirokchilarga Sudyalar oliy kengashining “Uch mashxur o‘zbek ayoli” asari ham o‘qib eshittirildi hamda fikr va mulohazalar yuritildi.
Sudyalar va sud xodimlari tomonidan yuqoridagi mavzular bo‘yicha qizg‘in savol-javoblar amalga oshirildi.


