ZOMINDA TIBBIYOT SOHASINI RAQAMLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
2026-10-30 20:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining IT-texnologiyalarni rivojlantiriş va investitsiyalarni jalb qiliş masalalari böyiça örinbosari Olim Omonov Zomin tumanidagi tibbiyot muassasalarida raqamlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.
Dastlab, vazir örinbosari Zomin tumani «Duoba» mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan «Tuberkulyoz va öpkaning nospesifik kasalliklarini taşxislaş, davolaş va oldini oliş böyiça zamonaviy innovatsion va amaliy markazi» faoliyati bilan tanişib, muassasada raqamli texnologiyalardan foydalaniş holati, D-MED elektron axborot tizimining joriy etilişi hamda mavjud texnik imkoniyatlarni közdan keçirdi.
Şuningdek, Duoba, Quduqça va Aççi oilaviy şifokorlik punktlari hamda 15-sonli oilaviy poliklinikada bölib, muassasalarning moddiy-texnik bazasi, tibbiyot xodimlarining iş jarayonlari, elektron tibbiy hujjatlarni yuritiş, bemorlar haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritiş va raqamli platformalardan foydalaniş holatlarini örgandi.
Örganişlar davomida raqamli texnologiyalarni tibbiyot muassasalarining kundalik faoliyatiga keng joriy etiş, D-MED elektron axborot tizimida ma’lumotlarning öz vaqtida va töğri şakllantirilişini ta’minlaş, şuningdek, mavjud texnik imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





