RAHBAR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI
2026-10-29 18:10:00 / Yangiliklar

Zomin tumani IT-şaharçasida “Payşanba — yoşlar kuni” doirasida tuman hokimi Alişer Abduğaniyev yoşlar bilan uçraşdi. Dastlab tuman hokimi IT-şaharçadagi öquv xonalari, maşğulotlar jarayoni va yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi. Şuningdek, ingliz tili kursidagi darsda tinglovçi sifatida iştirok etib, yoşlarning xorijiy tilni özlaştiriş jarayonini kuzatdi.
Oçiq muloqot davomida yoşlarning maqsadlari, kasbiy rejalari va zamonaviy bilimlarni egallaşga bölgan intilişlari muhokama qilindi. Ularning fikr va takliflari tinglanib, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarni örganiş orqali yangi imkoniyatlarga ega böliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi yoşlarni izlanişdan töxtamaslikka, zamon talablariga mos bilim va könikmalarni egallaşga, aniq maqsadlar sari intilişga undadi. Zero, bugun egallangan bilim ertangi muvaffaqiyat, mustaqil daromad va munosib kelajak uçun mustahkam poydevordir.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni biliş yoşlarga keng mehnat bozori, xalqaro hamkorlik va öz salohiyatini namoyon etiş imkoniyatlarini oçmoqda. Muhimi, uşbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, bilimni amaliy natijaga aylantirişdir.
Yoşlarning bugungi intilişi — Zominning ertangi taraqqiyoti.







