RAHBAR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI
2026-10-29 18:05:00 / Yangiliklar

Payşanba — Yoşlar kuni munosabati bilan Zomin tumanidagi Yoşlar markazida yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi.
Uçraşuvda Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği, general-mayor Ğayrat Qodirov, Zomin tumani hokimi Alişer Abduğaniyev hamda «Vatanparvar» taşkiloti Jizzax viloyati Kengaşi raisi Muhiddin Nazarov iştirok etdi.
Uçraşuv davomida yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bilim olişi, kasb-hunar egallaşi va kelajakdagi maqsadlarini amalga oşirişi uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida söz yuritildi. Şuningdek, «Vatanparvar» taşkiloti tomonidan yoşlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar va ularning amaliy könikmalarini rivojlantiriş borasidagi işlar haqida ma’lumot berildi.
Samimiy muloqot jarayonida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar, taklif va murojaatlarini bildirdilar. Mas’ullar tomonidan ularning fikrlari tinglanib, kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.
Uçraşuv yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning muammolarini örganiş hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş böyiça fikr almaşiş uçun muhim maydon böldi. Bunday muloqotlar yoşlarning intilişlarini röyobga çiqariş va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşirişga xizmat qiladi.








