Hamid Olimjon mahallasida bayram tadbiri tashkil etildi
2026-10-20 18:05:00 / Yangiliklar

15-oktabr — Xalqaro qishloq ayoli kuni munosabati bilan Zomin tumani Hamid Olimjon mahallasida yashovchi fuqaro Gulnora Nomozboyevaning xonadonida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Omonova, mahallalarga biriktirilgan xotin-qizlar faollari hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida qishloq ayollarining jamiyat hayotidagi o‘rni, oilalar farovonligini ta’minlash, mahallalar rivojiga qo‘shayotgan hissasi hamda ularning fidokorona mehnatini munosib qadrlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bayram munosabati bilan tumanda hunarmandchilik, tikuvchilik va dehqonchilik sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlar tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ularning kasbiy mahorati, mehnatsevarligi, oilalar farovonligini ta’minlash va mahalla taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.
Tadbir davomida qishloq ayollarining iqtisodiy faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik va kasb-hunar yo‘nalishidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mehnatini qadrlash hamda jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar ayollarga ehtirom ko‘rsatish, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish va yangi tashabbuslarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha qishloq ayollarini Xalqaro qishloq ayoli kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlariga fayzu baraka va ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!









