XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
2026-10-21 09:00:00 / Yangiliklar

Zomin tumanida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda mehnat faoliyatiga jalb etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar doirasida Zomin tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Nuroniylar kengashi raislari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirokida tumanda faoliyat yuritayotgan “Nova Teks” tikuvchilik korxonasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlar korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda barqaror daromad topishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday hamkorlikdagi ishlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.





