ZOMIN TUMANIDA ISHSIZ XOTIN-QIZLARNI KASB-HUNARGA O‘QITISH BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-10-12 16:40:00 / Yangiliklar

Zomin tumani Beshkubi QFYda ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Elegant” o‘quv markazi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 330-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 158-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, kambag‘allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqarolarni davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari, o‘quv kurslarida ishtirok etish tartibi hamda kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali bandlikni ta’minlash masalalari tushuntirildi.
Muloqot davomida xotin-qizlarning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasb tanlashi, zamonaviy kasblarni o‘rganishi hamda kelgusida mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishi muhimligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar ishsiz xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va oilalar daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.




