NAVBAHOR MAHALLASIDA BOLALAR O‘YINGOHLARI VA ZAMONAVIY SPORT MAYDONCHALARI BARPO ETILMOQDA
2026-10-12 15:00:00 / Yangiliklar

Zomin tumani Navbahor mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida bolalar o‘yingohlari va yoshlar uchun zamonaviy workout maydonchalarini barpo etish ishlari olib borilmoqda.
Yangi maskanlar bolalarning maroqli hordiq chiqarishi, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla hududini obodonlashtirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda yosh avlodning jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.






