ZOMIN TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI — MA’RIFAT VA MUTOLAA MASKANI
2026-10-09 12:15:00 / Yangiliklar

Zomin tuman axborot-kutubxona markazida aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Markazda kitobxonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar o‘zlari qiziqqan badiiy va ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish, bilim va dunyoqarashlarini kengaytirish imkoniyatiga ega.
Kitob — bilim manbai, mutolaa — ma’naviyat kaliti, kutubxona esa ma’rifat maskanidir!





