ZOMIN TURISTIK-REKREATSION ZONASIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH YUZASIDAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
2026-09-22 10:20:00 / Yangiliklar

Zomin turistik-rekreatsion zonasida xitoylik investorlar bilan hududda zamonaviy mehmonxona va sog‘lomlashtirish markazini barpo etish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududning turistik salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan loyiha takliflari muhokama qilindi.
Shuningdek, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida amalga oshiriladigan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur loyiha Zomin tumanining turizm salohiyatini yanada oshirish, hududga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.



