ZOMINDA YOSHLAR O‘RTASIDA “TYPING” IT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
2026-07-29 12:10:00 / Yangiliklar

Zomin tumanidagi IT Shaharchada yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda klaviaturada tez va aniq yozish mahoratini rivojlantirish maqsadida “Typing” IT musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada tumanning faol va iqtidorli yoshlari ishtirok etib, klaviaturada tez, aniq va xatosiz yozish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilarning natijalari xalqaro mezon hisoblangan WPM (Words Per Minute) hamda yozish aniqligi ko‘rsatkichlari asosida baholandi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, yoshlar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish bilan birga tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Zarina O‘ralova
🥈 2-o‘rin — Isobek Botirov
🥉 3-o‘rin — Elyorbek Baxtiyorov
G‘oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Mazkur musobaqa yoshlarning raqamli texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Kelgusida ham IT Shaharchada yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan turli tanlov, seminar va IT musobaqalarini muntazam tashkil etish rejalashtirilgan.









